JASMIN DARZNIKNING "QAFASDAGI QUSH NIDOSI" ROMANIDA EKSSENTRIZM POETIKASI: FORUG' FARROHZOD OBRAZI MISOLIDA
收藏资源简介:
Annotatsiya. Mazkur maqolada Jasmin Darznikning “Qafasdagi qush nidosi” romanida Forug‘ Farrohzod obrazi orqali namoyon bo‘lgan ekssentrizm hodisasi postmodern nazariya nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Forug‘ning jamiyat tomonidan belgilangan axloqiy, ijtimoiy va gender me’yorlaridan chetga chiqishi – yashirin uchrashuvlar, ota tomonidan qo‘llangan jismoniy jazo, onasi tomonidan o‘tkazilgan bokiralik tekshiruvi, jinnixonaga joylashtirilishi va nihoyat farzandini tark etishi – markazdan ongli ravishda chekinish strategiyasi sifatida qayta baholanadi. Linda Hatchonning postmodern poetika kontseptsiyasi, Mishel Fukoning tana va hokimiyat nazariyasi hamda Elein Shouolterning feministik adabiyotshunoslik yondashuvlariga tayangan holda, maqolada ayol tanasining ijtimoiy nazorat obyektiga aylanishi va she’riyatning bu nazoratga qarshi ovoz topish vositasi sifatidagi vazifasi yoritiladi.



