遇见数据集

TALAB VA UNING HAJMIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR

收藏
Zenodo2026-04-06 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada iqtisodiyotning muhim kategoriyalaridan biri bo‘lgan talab tushunchasi, uning mohiyati hamda talab hajmiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Talab bozordagi iste’molchilarning muayyan narx darajasida ma’lum vaqt oralig‘ida sotib olishga tayyor bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorini ifodalaydi. Tadqiqot davomida talabning shakllanishi, uning o‘zgaruvchanligi va unga ta’sir etuvchi narx omili bilan bir qatorda, narxdan tashqari omillar – daromad darajasi, iste’molchilarning didi va afzalliklari, o‘rinbosar va to‘ldiruvchi tovarlar narxi, bozor kutilmalari hamda demografik omillar keng yoritilgan. Shuningdek, maqolada talab qonuni va uning amaliy ahamiyati, zamonaviy bozor sharoitida talabni prognozlash masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, talab hajmining o‘zgarishi ko‘p omilli jarayon bo‘lib, uni to‘g‘ri tahlil qilish iqtisodiy qarorlar qabul qilishda muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqola iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va mutaxassislar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-06
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务