HR VA LOYIHA BOSHQARUVI INTEGRATSIYASIDA KADRLAR MOTIVATSIYASINI OSHIRISH MODELLARI
收藏资源简介:
Maqolada HR va loyiha boshqaruvi (project management) integratsiyasi sharoitida kadrlar motivatsiyasini oshirish modellari ilmiy asosda tadqiq etilgan. Aralash (mixed-methods) metodologiya doirasida 250 nafar respondent so‘rovi, 18 nafar ekspert bahosi, 25 nafar intervyu va 10 ta loyiha keys-stadi asosida beshta ilmiy gipoteza (H1-H5) tekshirildi. Natijalar HR-loyiha integratsiyasi va motivatsiya o‘rtasida kuchli ijobiy bog‘liqlik (r = 0,74) mavjudligini, motivatsiyani tizimli boshqarish loyiha samaradorligini 15-25 foizga oshirishini, motivatsion omillar orasida natijaga asoslangan rag‘batlantirish (β = 0,34) va avtonomiya (β = 0,28) eng kuchli ta’sirga ega ekanligini hamda taklif etilgan integratsiyalashgan motivatsiya modelining pilot joriy etilishi motivatsiya indeksini 26 foizga ko‘tarishini ko‘rsatdi.



