SUN'IY INTELLEKT VA MASHINA TARJIMASINING INSON TARJIMONIGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi va mashina tarjimasining keng qo‘llanilishi natijasida inson tarjimonining kasbiy faoliyatida yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida zamonaviy mashina tarjimasi tizimlarining lingvistik imkoniyatlari, ularning afzallik va cheklovlari hamda inson tarjimoni bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Sun’iy intellekt asosidagi tarjima vositalarining tarjima sifati, tezligi va iqtisodiy samaradorligiga ta’siri baholanadi. Maqolada inson tarjimonining ijodiy, madaniy va pragmatik kompetensiyalarining sun’iy intellekt bilan to‘liq almashtirilmasligi asoslab beriladi hamda tarjimon kasbining transformatsiyasi, post-tahrir (post-editing) jarayonining ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari tarjimashunoslikda sun’iy intellekt va inson omili o‘rtasidagi muvozanatni belgilashga xizmat qiladi.



