GOTIKA JANRINING BOLALAR ADABIYOTIDA TUTGAN O'RNI.
收藏资源简介:
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar adabiyotida gotika janrining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va zamonaviy adabiy jarayondagi o‘rni tahlil qilinadi. Muallif gotika elementlarining dastlab kattalar adabiyotiga xos bo‘lganini, keyinchalik esa bolalar adabiyotiga singib borib, mustaqil yo‘nalishga aylanganini tarixiy va nazariy jihatdan asoslaydi. XVIII asr didaktik asarlaridan tortib, XIX asr Viktoriya davri va bugungi zamonaviy fantastik asarlargacha bo‘lgan evolyutsiya misollar orqali yoritiladi. Shuningdek, gotika janrining bolalar ongiga ta’siri, ularning tasavvurini kengaytirishdagi roli hamda qo‘rquv, sir va fantastika uyg‘unligi orqali o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Maqolada gotika janrining bolalar adabiyotida keng ommalashish sabablari hamda uning bugungi kundagi dolzarbligi ilmiy asosda izohlanadi.



