遇见数据集

JIGAR SIRROZINI ICHAK MIKROBIOTSENOZIGA TA'SIRI HAMDA BEMORLARDA ENSEFALOPATIYA RIVOJLANISHIDAGI XAVF OMILLARI

收藏
Zenodo2026-08-05 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada jigar sirrozi bilan og`rigan bemorlarda uchraydigan asoratlardan jigar ensefalopatiyasi yetakchi o`rinlardan birini egallab, bemorlarning hayot sifati va prognoziga salbiy ta`siri yoritib beriladi.Jigar parenximasining chuqur strukturaviy va funksional buzilishlari natijasida detoksikatsiya jarayonlarining izdan chiqishi, ichakdan kelib chiqadigan neyrotoksik moddalar, xususan ammoniy, merkaptanlar va qisqa zanjirli yog` kislotalarining markaziy asab tizimiga ta`siri ensefalopatiya rivojlanishining asosiy patogenetik mexanizmlaridan biri hisoblanadi. So`nggi ilmiy ma`lumotlar ichak mikrobiotasining sifat va miqdor jihatdan o`zgarishi ushbu jarayonlarda muhim rol o`ynashini ko`rsatmoqda. Ichak-jigar-miya o`qi orqali rivojlanadigan patofiziologik jarayonlar jigar detoksikatsion funksiyasining pasayishi bilan yanada ortib, bemorlarda ensefalopatiya rivojlanish xavfini yanada orttiradi.Ushbu maaqola orqali jigar ensefalopatiyasiga sabab bo`luvchi xavf omillari haqida o`rganish mumkin

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-05
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务