BOSHLANG'ICH TA'LIM PEDAGOGLARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA MALAKA OSHIRISHNING INNOVATSION PEDAGOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim pedagoglarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda uzluksiz ta’lim tizimining o‘rni hamda malaka oshirish jarayonlarida innovatsion pedagogik mexanizmlarni takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida pedagoglarning kasbiy salohiyati va kompetentligini oshirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanib, bu jarayonda uzluksiz ta’limning samarali tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar, xususan, malaka oshirish tizimining mazmuni, shakl va metodlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda innovatsion pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim vositalari va interfaol metodlardan foydalanishning afzalliklari ochib beriladi. Tadqiqot davomida boshlang‘ich ta’lim pedagoglarining malakasini oshirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish, individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish, masofaviy ta’lim imkoniyatlaridan keng foydalanish kabi muhim jihatlar yoritilgan. Shu bilan birga, pedagoglarning kasbiy rivojlanishini uzluksiz qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi innovatsion mexanizmlar taklif etiladi. Maqola natijalarida malaka oshirish tizimini modernizatsiya qilish orqali pedagoglarning kasbiy kompetentligini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash va o‘quv jarayonining samaradorligini ta’minlash mumkinligi asoslab beriladi.



