遇见数据集

"BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARINING O'RNI"

收藏
Zenodo2026-07-08 更新2026-08-02 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda zamonaviy pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda interfaol ta’lim metodlari, multimedia vositalari, elektron kitoblar, raqamli ta’lim platformalari va boshqa innovatsion yondashuvlardan foydalanishning o‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, mutolaa madaniyati, o‘qib tushunish hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni o‘qish darslari va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga samarali integratsiya qilish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda o‘qituvchining pedagogik mahorati, ota-onalar bilan hamkorlik hamda ta’lim muhitining ahamiyati ham alohida ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari zamonaviy texnologiyalardan maqsadli va tizimli foydalanish o‘quvchilarda kitobga qiziqishni kuchaytirish, muntazam mutolaa qilish odatini shakllantirish hamda ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Maqolada bildirilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar boshlang‘ich ta’lim jarayonini takomillashtirish hamda kitobxon avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-08
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务