遇见数据集

SOVET DAVRIDA OLIY TA'LIM TIZIMINING MARKAZLASHGAN BOSHQARUV MEXANIZMLARI VA UNING SAMARADORLIGI

收藏
Zenodo2026-06-06 更新2026-06-12 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada Sovet davrida oliy ta’lim tizimining markazlashgan boshqaruv mexanizmlari, ularning tashkil etilish tamoyillari va amaliy faoliyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda oliy ta’lim muassasalarining yagona davlat siyosati asosida boshqarilishi, o‘quv rejalari va dasturlarining markaz tomonidan belgilanishi, kadrlar tayyorlash jarayonining iqtisodiy ehtiyojlarga mos ravishda rejalashtirilishi masalalari yoritilgan. Shuningdek, markazlashgan boshqaruv tizimining afzalliklari, jumladan, ta’lim standartlarining bir xilligi, mutaxassislar tayyorlashdagi uzviylik hamda resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, mazkur tizimning kamchiliklari, xususan, oliy ta’lim muassasalarining mustaqilligi cheklanishi, mahalliy ehtiyojlarning yetarli darajada hisobga olinmasligi va innovatsion tashabbuslarning sustlashuvi tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari Sovet davri oliy ta’lim boshqaruvi tajribasini zamonaviy ta’lim tizimi bilan qiyosiy baholash imkonini beradi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-06
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务