KONSEPT VA LEKSIK-SEMANTIK MAYDON NAZARIYALARINING LINGVOKOGNITIV HAMDA LINGVOKULTUROLOGIK TALQINI
收藏资源简介:
Hozirgi davr tilshunosligi rivojida konsept, maydon hamda frame kabi nazariy tushunchalar til hodisalarini chuqurroq anglash va talqin qilishda muhim o‘rin egallamoqda. Ushbu kategoriyalar til birliklarining mazmuniy tuzilishini izohlash, til va tafakkur o‘rtasidagi murakkab bog‘lanishlarni aniqlash, shuningdek, bilimning tilda shakllanish va tartiblanish mexanizmlarini tushuntirishda asosiy metodologik tayanch sifatida qaraladi. Shu bois zamonaviy lingvistik tadqiqotlarda mazkur tushunchalar alohida ilmiy e’tiborni talab qiladigan muhim nazariy vositalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Natijada konsept va maydon nazariyasi bugungi tilshunoslik izlanishlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan bo‘lib, u til tadqiqotchilari oldida turgan ko‘plab nazariy hamda amaliy masalalarni hal etishda markaziy ahamiyat kasb etmoqda.



