INGLIZ VA O'ZBEK RADIODISKURSIDA TIL TEJAMKORLIGI VOSITALARINING LINGVISTIK-PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek radiodiskursida til tejamkorligi vositalarining lingvistik hamda pragmatik xususiyatlari yoritilgan. Radiodiskursning kommunikativ tabiati, uning fonetik va leksik sathdagi ixchamlikka asoslanishi tahlil qilingan. Radio nutqida reduksiya, ellipsis, qisqartmalar, standart nutq formulalari va intonatsion vositalarning qo‘llanishi kommunikativ samaradorlikni ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ingliz tilining analitik va o‘zbek tilining agglutinativ tuzilishi radiodiskursdagi til tejamkorligi strategiyalariga qanday ta’sir ko‘rsatishi izohlangan. Maqolada radiodiskursning tinglovchi idroki, efir vaqti va ommaviy kommunikatsiya sharoiti bilan bog‘liq jihatlari ham yoritilgan.



