遇见数据集

AZOTNING TURLI SHAKLLARINI O'SIMLIKLAR TOMONIDAN O'ZLASHTIRISH SAMARADORLIGI VA ULARNING O'SISH-RIVOJLANISH KO'RSATKICHLARIGA TA'SIRINI IN VITRO VA OCHIQ SHAROITLARDA BAHOLASH (ADABIYOTLAR TAHLILI)

收藏
Zenodo2026-09-26 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Maqolada azotning noorganik shakllari — nitrat (NO3−) va ammoniy (NH4+) — ning o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi hamda ularning o‘sish-rivojlanish ko‘rsatkichlariga ta’siri bo‘yicha xalqaro va Markaziy Osiyo (O‘zbekiston)ga oid tadqiqotlar adabiyotlar tahlili asosida qiyosiy sharhlanadi. Sharhga hujayra va to‘qima kulturasi (in vitro), nazorat qilinadigan laboratoriya (gidroponika, idish) hamda ochiq (dala) sharoitida o‘tkazilgan tajribalar kiritilgan. Tahlil ko‘pchilik turlar uchun nitrat va ammoniyning aralash berilishi ularni yakka holda berishdan qulayroq ekanini, ammoniyning yagona manba sifatida yoki yuqori konsentratsiyada toksik ta’sir ko‘rsatishini, optimal NH4+:NO3− nisbati esa tur va genotipga bog‘liqligini ko‘rsatdi. Dala sharoitida azotdan foydalanish samaradorligini o‘g‘it shakli va me’yoridan tashqari uning tuproqda immobilizatsiyasi, yuvilishi va uchishi belgilaydi. In vitro natijalarini dalaga bevosita ko‘chirish cheklangan; ikkala yondashuvni 15N izotop usuli orqali bog‘lash istiqbolli yo‘nalish sifatida ko‘rsatildi. Maqola muallifning o‘z tajribalariga emas, e’lon qilingan tadqiqotlar tahliliga asoslanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-26
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务