遇见数据集

Home / Archives / Vol. 11 No. 2 (2026): ILM FAN XABARNOMASI / Articles RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR RIVOJINING SHAXS PSIXIKASIGA TA'SIRI

收藏
Zenodo2026-01-23 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar rivojining shaxs psixikasiga ko‘rsatadigan ta’siri zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi inson hayotining barcha sohalariga, xususan, kognitiv jarayonlar, emotsional holat, shaxslararo muloqot va ijtimoiy xulq-atvorga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda raqamli muhitda uzoq vaqt faoliyat yuritishning diqqat, xotira, tafakkur tezligi hamda psixologik barqarorlikka ta’siri yoritiladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar va virtual kommunikatsiya vositalarining shaxsning o‘zini anglash jarayoni va identifikatsiyasiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslanadi. Maqolada raqamli texnologiyalarning ijobiy imkoniyatlari bilan bir qatorda, psixologik qaramlik, axborot ortiqligi, emotsional charchoq kabi salbiy holatlar ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanish, psixologik salomatlikni saqlash va shaxs rivojini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-23
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务