遇见数据集

ZAMONAVIY AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLAR PSIXIK SALOMATLIGIGA TA'SIRI

收藏
Zenodo2026-02-20 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy axborotlashgan jamiyat sharoitida ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar psixik salomatligiga ko‘rsatayotgan ta’siri kompleks psixologik yondashuv asosida tahlil etiladi. Tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish intensivligi, mazmun xususiyatlari hamda individual-psixologik omillar bilan yoshlarning emotsional holati, o‘z-o‘zini baholash darajasi, xavotirlik va depressiv holatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilmiy-nazariy va empirik jihatdan o‘rganiladi. Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy (ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kommunikativ imkoniyatlarning kengayishi, identifikatsiya jarayonlari) va salbiy (qaramlik, ijtimoiy solishtirish, kiberbulling, emotsional beqarorlik) ta’sir mexanizmlari psixologik nuqtai nazardan ochib beriladi. Tadqiqot doirasida psixodiagnostik metodlar va statistik tahlil natijalari asosida ijtimoiy tarmoqlardan haddan tashqari foydalanish yoshlar orasida stress, xavotirlik va psixik zo‘riqish darajasining oshishiga olib kelishi aniqlangan. Maqola xulosalari yoshlar psixik salomatligini muhofaza qilish, raqamli gigiyena ko‘nikmalarini shakllantirish hamda psixoprofilaktik dasturlarni ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-20
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务