DIALOGIK NUTQNING MADANIYATLARARO TAHLILI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada dialogik nutqning madaniyatlararo kommunikatsiyadagi o‘rni, uning lingvistik va pragmatik xususiyatlari hamda turli madaniyat vakillari o‘rtasidagi muloqot jarayonida yuzaga keladigan kommunikativ farqlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Dialogik nutq insonlararo muloqotning asosiy shakllaridan biri bo‘lib, u nafaqat til birliklari, balki madaniy qadriyatlar, milliy mentalitet va kommunikativ xulq bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Tadqiqot davomida pragmalingvistika, sotsiolingvistika va diskurs tahlili metodlaridan foydalanildi. Maqolada turli mamlakatlar olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar asosida dialogik nutqning madaniyatlararo kommunikatsiyadagi ahamiyati yoritildi. Shuningdek, muloqot jarayonida yuzaga keladigan stereotiplar, kommunikativ to‘siqlar va ularning sabablari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari xalqaro kommunikatsiya, xorijiy til o‘qitish va tarjimashunoslik sohalari uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.



