TERINI QAYTA ISHLASH KORXONALARI OQOVA SUVLARINI TOZALASH TEXNOLOGIYALARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada terini qayta ishlash korxonalari oqova suvlarining tarkibi, asosiy ifloslantiruvchi moddalari va ularni samarali tozalash texnologiyalari tahlil qilindi. Oqova suvlarning yuqori organik yuklama, sulfidlarga boy ishqoriy muhit hamda xrom birikmalari mavjudligi sababli an’anaviy tozalash usullari yetarli samaradorlik bermasligi aniqlandi. Mexanik, fizik-kimyoviy va biologik jarayonlarni o‘z ichiga olgan kompleks tozalash texnologiyasi taklif etildi va uning samaradorligi baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra xromni qayta ajratib olish, organik moddalarni kamaytirish va suvni qisman qayta foydalanish imkoniyati mavjudligi ko‘rsatildi. Taklif etilgan texnologiya atrof-muhitni muhofaza qilish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.



