MASOFAVIY TA'LIM PLATFORMALARI ORQALI TABIIY VA ANIQ FANLARDAN O'QUV KONTENTLARINI YARATISH
收藏资源简介:
mazkur ilmiy maqolada masofaviy ta’lim platformalari orqali tabiiy va aniq fanlardan o‘quv kontentlarini kiritishning pedagogik, metodik va texnologik asoslari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning rivojlanishi natijasida elektron ta’lim platformalaridan foydalanish dolzarb masalaga aylandi. Ayniqsa, fizika, matematika, kimyo va informatika kabi tabiiy va aniq fanlarni masofaviy shaklda o‘qitishda sifatli o‘quv kontentlarini platformalarga samarali joylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda o‘quv kontentlarini yaratish, tizimlashtirish, multimedia vositalari bilan boyitish hamda masofaviy ta’lim platformalariga integratsiya qilish masalalari yoritilgan. Shuningdek, interaktiv resurslar, virtual laboratoriyalar va elektron test tizimlarining ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari masofaviy platformalar orqali o‘quv kontentlarini to‘g‘ri tashkil etish talabalar bilimini oshirish va mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.



