DEGLOBALIZATSIYA TENDENSIYALARI: PROTEKSIONIZM VA SAVDO URUSHLARI ZAMONAVIY JAHON IQTISODIYOTIDA
收藏资源简介:
Berilgan maqolada zamonaviy jahon iqtisodiyotida deglobalizatsiya jarayonlarining kuchayishi, proteksionistik siyosatning kengayishi va savdo urushlarining xalqaro iqtisodiy munosabatlarga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqotda global savdoning rivojlanish tendensiyalari, bojxona tariflari va savdo cheklovlarining iqtisodiy oqibatlari, xalqaro ishlab chiqarish zanjirlaridagi o‘zgarishlar hamda davlatlarning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan choralari tahlil qilinadi. Jahon savdo tashkiloti (JST), BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) hamda boshqa xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlari tadqiqotning daliliy asosini tashkil etadi. Shuningdek, deglobalizatsiya sharoitida rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan, O‘zbekiston uchun yuzaga keladigan iqtisodiy imkoniyatlar va xatarlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, tashqi savdo aloqalarini diversifikatsiya qilish, eksport raqobatbardoshligini oshirish va global iqtisodiy beqarorlikka nisbatan milliy iqtisodiyot barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutiladi.



