遇见数据集

YASHASH BINOLARINI AVTONOM ENERGIYA BILAN TA'MINLASHNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI VA ISTIQBOLLARI

收藏
Zenodo2026-10-24 更新2026-10-29 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada turar-joy binolarida avtonom elektr va issiqlik ta’minoti tizimlaridan foydalanish bo‘yicha xorijiy va mahalliy ilmiy tadqiqotlar tahlil qilingan. Quyosh fotoelektrik panellari, shamol turbinalari, biomassa qurilmalari, akkumulyatorlar va zaxira generatorlariga asoslangan gibrid energiya tizimlarining texnik, energetik, iqtisodiy hamda ekologik samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, quyosh havo kollektorlari yordamida binolarni isitish, issiqlik energiyasini tejash va ichki haroratni barqaror saqlash imkoniyatlari yoritilgan. Tahlil natijalari avtonom energiya tizimlarining samaradorligi iqlim sharoitlari, energiya yuklamasi, qurilmalar konfiguratsiyasi va texnologiyalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Mavjud tadqiqotlarda elektr energiyasi ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilgan bo‘lsa-da, turar-joy binolarida avtonom elektrli issiq pol va havoli isitish tizimlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish masalalari qo‘shimcha ilmiy izlanishlarni talab etadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-10-24
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务