RAQAMLI MAKONDA KIBERFIRIBGARLIK JINOYATLARINI KVALIFIKATSIYA QILISH MUAMMOLARI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada raqamli muhitda sodir etilayotgan kiberfiribgarlik jinoyatlarining huquqiy tabiati, ularni kvalifikatsiya qilishdagi dolzarb muammolar hamda jinoyat huquqi normalari asosida javobgarlik masalalari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kiberfiribgarlik tushunchasining mazmuni, uning an’anaviy firibgarlikdan farqli jihatlari, jinoyat tarkibining obyektiv va subyektiv belgilari yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalarini qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolar, xususan, jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish, zarar yetkazish usullari, axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali sodir etilgan firibgarliklarni huquqiy baholashdagi ziddiyatlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada sud amaliyoti va plenum qarorlari asosida huquqni qo‘llashdagi mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ilgari suriladi. Bundan tashqari, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda zamonaviy yondashuvlar, xalqaro tajriba va milliy qonunchilikni takomillashtirish zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari raqamli iqtisodiyot sharoitida jinoyat huquqini rivojlantirish va amaliyotini takomillashtirishga xizmat qiladi.



