O'ZBEKISTONDA SUG'URTA BOZORINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada O‘zbekistonda sug‘urta bozorining rivojlanish tendensiyalari, uning moliyaviy tizimdagi o‘rni va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Sug‘urta bozori mamlakat moliya tizimining ajralmas qismi sifatida iqtisodiy o‘sish va investitsion faollikni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi yillarda, xususan 2025-yilda sug‘urta mukofotlarining 37,8 foizga o‘sib, 13,46 trillion so‘mga yetgani, hayot sug‘urtasi segmentining yuqori sur’atlarda rivojlanayotgani ushbu sohaning jadal taraqqiyotini ko‘rsatadi. Shuningdek, sug‘urta to‘lovlari, aktivlar va investitsiya faoliyatining sezilarli oshishi bozor barqarorligi mustahkamlanayotganidan dalolat beradi. Elektron polislar joriy etilishi va me’yoriy-huquqiy bazaning takomillashuvi esa sohaning shaffofligi va samaradorligini oshirmoqda. Maqolada sug‘urta kompaniyalarining raqobatbardoshligini kuchaytirish, yangi xizmat turlarini joriy etish va aholining sug‘urta madaniyatini oshirish orqali bozorni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari asoslab berilgan.



