SUV OQIMI PARAMETRLARINING KICHIK QUVVATLI GIDROENERGETIK QURILMANING ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGIGA TA'SIRI
收藏资源简介:
Ushbu tezisda past bosimli suv oqimlaridan elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kichik quvvatli gidroenergetik qurilmaning energetik ko‘rsatkichlari tadqiq etilgan. Qurilmaning ishlash prinsipi suv oqimining kinetik va potensial energiyasini mexanik aylanish energiyasiga, so‘ngra elektr generatori yordamida elektr energiyasiga aylantirishga asoslangan. Tadqiqotda suv oqimi tezligi, suv sarfi, ishchi g‘ildirakning aylanish chastotasi, generator kuchlanishi va ishlab chiqariladigan elektr quvvati o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rib chiqilgan. Hisobiy natijalar asosida suv oqimi tezligining ortishi bilan qurilmaning aylanish chastotasi va elektr quvvati oshishi aniqlandi. Past bosiml suv manbalaridan foydalanish qishloq hududlari, sug‘orish kanallari va kichik suv oqimlarida muqobil elektr energiyasi olish imkonini beradi.



