TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLARNI BOSHQARISH VA QAYTARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada tijorat banklarida muammoli kreditlarni boshqarish va ularni qaytarish samaradorligini oshirishga qaratilgan institutsional mexanizmlar kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank ichki boshqaruv tizimlari, prudensial talablar, huquqiy tartibga solish hamda suddan tashqari undirish va restrukturizatsiya mexanizmlarining muammoli kreditlar dinamikasiga ta’siri baholanadi. Ilmiy tahlil natijalari muammoli kreditlarni erta aniqlash va monitoring qilish tizimlarini kuchaytirish, banklar va regulyatorlar o‘rtasidagi institutsional hamkorlikni takomillashtirish bank moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Shuningdek, qaytarish jarayonida raqamli vositalardan foydalanish samaradorlikni oshirishning muhim omili sifatida asoslanadi.



