RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA SANOAT KORXONALARIDA YASHIL ISHLAB CHIQARISHNI BOSHQARISH MEXANIZMLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada sanoat korxonalarida yashil ishlab chiqarishni boshqarishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda Industry 4.0 konsepsiyasi doirasida IoT, Big Data va sun’iy intellekt texnologiyalarining ishlab chiqarish jarayonlariga integratsiyasi ko‘rib chiqilgan. Raqamli yechimlar yordamida energiya sarfini real vaqt rejimida monitoring qilish, resurslardan samarali foydalanish va chiqindilarni kamaytirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Tadqiqot metodologiyasi sifatida tizimli tahlil, iqtisodiy modellash, Cost-Benefit Analysis (CBA), Return on Investment (ROI) va benchmarking usullaridan foydalanilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar asosida yashil ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarini joriy etish ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi va korxonalarning raqobatbardoshligini kuchaytiradi. Maqolada sanoat korxonalarida raqamli yashil boshqaruv tizimlarini joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular barqaror rivojlanish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi.



