TURIZMNING RIVOJLANISH VA UNING BOSQICHLARI
收藏资源简介:
Mazkur tadqiqotda turizm industriyasining evolyutsion taraqqiyoti retrospektiv tahlil prizmasi orqali tadqiq etilgan. Maqolada insoniyat sivilizatsiyasining ilk o‘choqlari hisoblangan Mesopotamiya, Nil va Hind vodiylari, shuningdek, antik davr madaniyatining markazlari — Qadimgi Yunoniston va Rim imperiyasi misolida turistik harakatlarning genezisi tizimli ravishda o‘rganilgan. Tadqiqot davomida ushbu hududlardagi turizmning tarixiy determinatsiyasi qiyosiy-tahliliy metodlar yordamida yoritib berilgan. Muallif tomonidan qadimgi davrlarda turizmning institutsionallashuviga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda texnologik omillar tasniflangan. Shuningdek, jamiyat taraqqiyotining drayveri bo‘lgan fundamental yangiliklarning turizm xizmatlari bozorini shakllantirishdagi deterministik roli ilmiy jihatdan asoslab berilgan



