SURUNKALI YURAK YETISHMOVCHILIGI BILAN KASALLANGAN BEMORLARDA INSTRUMENTAL TEKSHIRUV SAMARADORLIGI VA PATOMORFOLOGIK TAHLILI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy maqolada surunkali yurak yetishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda instrumental diagnostika usullarining samaradorligi hamda miokard to‘qimasida yuzaga keladigan patomorfologik o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida exokardiografiya, elektrokardiografiya, multispiral kompyuter tomografiyasi va magnit-rezonans tomografiya kabi instrumental usullar orqali yurakning strukturaviy va funksional o‘zgarishlari baholandi[1,2]. Shuningdek, miokard gipertrofiyasi, fibroz, kardiomiotsitlar degeneratsiyasi va mikrosirkulyatsiya buzilishlari kabi patomorfologik jarayonlar o‘rganildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, instrumental diagnostika usullarini kompleks qo‘llash yurak yetishmovchiligining bosqichlarini aniqlash, asoratlarni erta aniqlash va davolash strategiyasini optimallashtirish imkonini beradi.



