遇见数据集

YOSHLAR BANDLIGI DASTURLARI NATIJADORLIGINI OSHIRISHNING BOSHQARUV MEXANIZMLARI

收藏
Zenodo2026-07-20 更新2026-08-01 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Tadqiqot yoshlar bandligi dasturlarining natijadorligiga ta’sir etuvchi boshqaruv omillarini aniqlash va ularni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Empirik baza 1360 nafar respondent ishtirokida o‘tkazilgan so‘rov hamda boshqaruv jarayonlari bo‘yicha ichki tahliliy ma’lumotlardan tashkil topgan. Tadqiqotda tizimli tahlil, qiyosiy baholash, guruhlash, Likert shkalasi, ko‘p omilli regressiya va jarayonlar monitoringi usullari qo‘llanilgan. Respondentlarning 85,4 foizi amaldagi boshqaruv faoliyatini yuqori yoki juda yuqori baholagan, o‘rtacha baho 4,15 ballni tashkil etgan. Regressiya modelida natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishining qariyb 75 foizi tanlangan omillar bilan izohlangan. Ish haqi, ichki tashkiliy muhit, rag‘batlantirish va ish yuklamasining adolatli taqsimlanishi asosiy boshqaruv omillari sifatida aniqlangan. Ilmiy yangilik sifatida yoshlarni segmentlash, individual bandlik rejasi, natijaga asoslangan moliyalashtirish va 3, 6 hamda 12 oylik monitoringni birlashtiruvchi integratsiyalashgan boshqaruv mexanizmi taklif etilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-07-20
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务