INSON SHA'NI VA QADR-QIMMATI DAXLSIZLIGI: TUSHUNCHASI VA HUQUQIY ASOSLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada demokratik huquqiy davlatning fundamental asosi hisoblangan inson sha’ni va qadr-qimmati hamda shaxs daxlsizligi tushunchalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — ushbu tushunchalarning O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi va xalqaro huquqiy standartlardagi o‘rnini aybsizlik prezumpsiyasi tamoyili bilan bog‘liq holda yoritishdan iborat. Tadqiqot jarayonida tizimli tahlil, qiyosiy-huquqiy va mantiqiy sharhlash metodlaridan foydalanildi; Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Jinoyat-protsessual kodeksi normalari qiyoslandi. Tahlil natijasida inson qadr-qimmati tushunchasining huquqiy mazmuni aniqlashtirildi va uning shaxs daxlsizligi hamda aybsizlik prezumpsiyasi bilan uzviy bog‘liqligi asoslandi. Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida moddalar sonining 128 tadan 155 taga, normalar sonining esa 275 tadan 434 taga oshgani statistik jihatdan tahlil qilindi. Maqola yakunida milliy qonunchilikni xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga qaratilgan aniq takliflar shakllantirildi.



