JINOYAT KODEKSINING 118-MODDASI DOIRASIDA JINSIY DAXLSIZLIKNI HIMOYA QILISH MASALALARI
收藏资源简介:
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi doirasida nomusga tegish jinoyatining mohiyati, uning jamiyat va shaxs hayotiga salbiy ta’siri, jinoyatning kelib chiqish omillari hamda oldini olishning huquqiy, ijtimoiy, pedagogik va psixologik mexanizmlari keng tahlil qilinadi. Maqolada jinoyatning profilaktikasi, jabrlanuvchilar huquqlarini himoya qilish, yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish, oilaviy tarbiya va ta’lim muassasalarining roli, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyati haqida ilmiy asoslangan fikrlar bayon etilgan. Shu bilan birga, xalqaro tajribalar va zamonaviy profilaktik yondashuvlar asosida mazkur turdagi jinoyatlarni kamaytirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari jinoyatchilikka qarshi kurashishda kompleks yondashuvning ahamiyatini ochib beradi hamda jamiyatda inson sha’ni, qadr-qimmati va daxlsizligini ta’minlashning dolzarb masala ekanligini asoslaydi.



