TA'LIM MUASSASALARIDA "YASHIL XARIDLAR" SIYOSATI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida “yashil xaridlar” siyosatini joriy etish va uni takomillashtirishning nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Yashil xaridlar atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan muhim boshqaruv vositasi sifatida qaraladi. Maqolada ta’lim muassasalarida ekologik toza mahsulotlar va xizmatlarni tanlash, energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, chiqindilarni kamaytirish hamda qayta ishlash jarayonlarini tashkil etish masalalari yoritilgan. Shuningdek, yashil xaridlar siyosatini amalga oshirishda duch kelinadigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim tizimida ekologik madaniyatni shakllantirish va barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.



