遇见数据集

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARIDAN (QUYOSH ENERGIYASI FOYDALANISH IMKONIYATLARI )

收藏
Zenodo2026-05-08 更新2026-05-29 收录
官方服务:

资源简介:

Hozirgi davrda jahonda energiya resurslariga bo‘lgan talab keskin ortib bormoqda. Buning asosiy sabablari sifatida aholi sonining ko‘payishi, sanoat ishlab chiqarishining kengayishi va texnologik taraqqiyotning jadallashuvini ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga, an’anaviy energiya manbalari neft, gaz va ko‘mir kabi qazilma yoqilg‘ilar zaxiralari tobora kamayib bormoqda hamda ularning atrof-muhitga salbiy ta’siri ortib bormoqda. Ushbu holat insoniyat oldiga muqobil, ekologik toza va barqaror energiya manbalarini rivojlantirish zaruratini qo‘ymoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari ushbu muammoni hal etishda eng maqbul yechim sifatida qaralmoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga quyosh, shamol, gidroenergiya, biomassa va geotermal energiya kiradi. Ular tabiiy ravishda tiklanib turadi va deyarli cheksiz hisoblanadi. Ushbu manbalar orasida quyosh energiyasi alohida o‘rin egallaydi, chunki u Yer yuzining deyarli barcha hududlarida mavjud va undan foydalanish imkoniyatlari juda kengdir. Quyosh energiyasi bu Quyoshdan Yerga kelayotgan elektromagnit nurlanish energiyasidir. Ushbu energiya miqdori nihoyatda katta bo‘lib, bir kunda Yerga tushayotgan quyosh energiyasi insoniyatning yillik energiya ehtiyojidan ham ortiqdir. Bu esa quyosh energiyasidan samarali foydalanish orqali global energiya muammolarini hal etish mumkinligini ko‘rsatadi. Quyosh energiyasidan foydalanish texnologiyalari so‘nggi yillarda sezilarli darajada rivojlandi. Ayniqsa, fotoelektrik panellar ishlab chiqarish texnologiyasining takomillashuvi natijasida quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish samaradorligi ortib bormoqda. Fotoelektrik panellar quyosh nurlarini bevosita elektr energiyasiga aylantiradi. Bu jarayon yarimo‘tkazgich materiallar asosida amalga oshiriladi. Eng keng tarqalgan material kremniy hisoblanadi. Quyosh energiyasidan foydalanishning yana bir muhim yo‘nalishi quyosh issiqlik tizimlaridir. Ushbu tizimlar quyosh nurlarini issiqlik energiyasiga aylantirib, turli maqsadlarda qo‘llaniladi. Masalan, suv isitish, binolarni isitish, qishloq xo‘jaligida issiqxonalarni isitish kabi sohalarda keng foydalaniladi. Bu esa an’anaviy yoqilg‘ilarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Yirik miqyosda elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun konsentrlangan quyosh elektr stansiyalari qo‘llaniladi. Ushbu texnologiya yordamida quyosh nurlari maxsus oynalar orqali bir nuqtaga jamlanadi va yuqori harorat hosil qilinadi. Hosil bo‘lgan issiqlik bug‘ ishlab chiqarish uchun ishlatiladi va bug‘ turbinalari yordamida elektr energiyasi olinadi. Quyosh energiyasining eng muhim afzalliklaridan biri uning ekologik tozaligidir. Quyosh energiyasidan foydalanish jarayonida atmosferaga zararli gazlar, jumladan karbonat angidrid chiqmaydi. Bu esa global iqlim o‘zgarishining oldini olishda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, quyosh energiyasi ishlatilganda suv resurslariga ham zarar yetkazilmaydi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-08
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务