RAQAMLI SAVDONI XALQARO HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING TAMOYILLARI VA INSTITUTSIONAL ASOSLARI
收藏资源简介:
Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi xalqaro savdo munosabatlarini tartibga soluvchi yangi huquqiy mexanizmlar yaratishni taqozo etmoqda. Mazkur maqolada raqamli savdoni xalqaro huquqiy tartibga solishning asosiy tamoyillari: kamsitmaslik, milliy muomala, texnologik betaraflik, funksional ekvivalentlik va “ishonch bilan ma’lumotlarning erkin oqimi” (DFFT) hamda JST, UNCITRAL, UNCTAD va OECD kabi institutsional mexanizmlarning o‘zaro munosabatlari qiyosiy-huquqiy tahlil asosida o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatadiki, institutsional tizimning asosiy muammosi fragmentatsiya turli darajadagi normalar va institutlar o‘rtasidagi koordinatsiya etishmovchiligi bo‘lib, bu raqamli savdoni samarali tartibga solishni qiyinlashtirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi uchun esa gibrid institutsional model ya’ni xalqaro tamoyillarni milliy qonunchilikka izchil joriy etish va JST a’zoligiga intilish optimal yo‘l sifatida tavsiya etiladi.



