GEPATIT B VIRUSI (HBV): MOLEKULYAR XUSUSIYATLARI, TARQALISH YO'LLARI VA GLOBAL SOG'LIQ UCHUN TAHDID
收藏资源简介:
Ushbu maqolaning maqsadi Gepatit B virusi (HBV)ning tarqalish yo‘llari, molekulyar patogenezi va jahon sog‘liqni saqlash tizimiga ta’sirini tahlil qilishdir. Shuningdek, virusga qarshi zamonaviy davolash strategiyalari va global miqyosdagi profilaktika yondashuvlarini ko‘rib chiqish maqsad qilingan.Tahliliy sharh (literature review) uslubida yozilgan ushbu maqolada HBVning gepatotsitlarga kirishi, replikatsiyasi, immun tizimi bilan o‘zaro ta’siri, genomining asosiy qismlari (cccDNA, HBx proteini va transkripsiya mexanizmlari) va CRISPR/Cas9 asosidagi terapiya imkoniyatlari haqida ilmiy manbalar asosida umumlashtirilgan ma’lumotlar taqdim etilgan. Shuningdek, JSSTning 2024 yilgi yo‘riqnomalari va klinik tadqiqotlar asosida global strategiyalar tahlil qilingan. HBV infeksiyasining perinatal uzatish orqali yuqishi va bu holatlarning 90% hollarda surunkalikka olib kelishi aniqlangan. Maqolada HBVni nazorat qilishda cccDNA inhibitörlari, NTCP nishonli dorilar (masalan, siklosporin A, irbesartan) va Myrcludex B kabi eksperimental terapiyalar istiqbolli vosita sifatida ko‘rsatilgan. Onadan bolaga yuqish xavfini kamaytirishda emlash samarali vosita sifatida e’tirof etilgan. HBVga qarshi kurashda universal emlash, diagnostika va onadan bolaga yuqishni oldini olish asosiy strategiyalar sifatida belgilangan. Sog‘liqni saqlash tizimidagi tengsizliklar, stigma va resurs yetishmovchiligi infeksiya nazoratida muhim to‘siq bo‘lib qolmoqda. JSST tomonidan ishlab chiqilgan 2030 yilgacha HBVni yo‘q qilish strategiyalari kompleks yondashuv zarurligini ko‘rsatadi.



