KORXONA KAPITAL TUZILMASINI OPTIMALLASHTIRISHNING BANKROTLIKNI OLDININI OLISHDAGI AHAMIYATI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada korxona kapital tuzilmasini optimallashtirishning bankrotlikni oldini olishdagi muhim ahamiyati kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda kapital tuzilmasi nazariyalari, optimal qarz yuklamasi darajasini aniqlash usullari va moliyaviy leverajning korxona barqarorligiga ta’siri o‘rganilgan. O‘z kapitali va qarz kapitalining optimal nisbati, kapital narxi va moliyaviy risklar o‘rtasidagi bog‘liqlik, shuningdek kapital tuzilmasini boshqarishning zamonaviy strategiyalari ko‘rib chiqilgan. O‘zbekiston korxonalari misolida kapital tuzilmasini optimallashtirishning amaliy jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kapital tuzilmasini to‘g‘ri boshqarish korxonaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va bankrotlik xavfini kamaytirishning asosiy omili hisoblanadi. Ishlab chiqilgan tavsiyalar korxonalar, moliyaviy menejment mutaxassislari va investorlar tomonidan qo‘llanilishi mumkin.



