遇见数据集

AI VA GIS TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA VILOYATLAR KESIMIDA HAVONING IFLOSLANISH DARAJASINI MONITORING QILISH VA INTERAKTIV SMART XARITA YARATISH

收藏
Zenodo2026-05-29 更新2026-06-05 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ilmiy tezisda sun’iy intellekt (AI) va geografik axborot tizimlari (GIS) texnologiyalaridan foydalanish orqali viloyatlar kesimida havoning ifloslanish darajasini monitoring qilish hamda interaktiv smart xarita yaratish masalalari tahlil qilinadi. Atmosfera havosining ifloslanishi inson salomatligi, ekologik muvozanat va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan asosiy ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, PM2.5 va PM10 kabi mayda dispers zarrachalar inson organizmiga jiddiy zarar yetkazadi [1]. Tezisda AI algoritmlarining ekologik monitoringdagi o‘rni, GIS platformalari yordamida hududiy ma’lumotlarni vizual tahlil qilish imkoniyatlari hamda masofadan zondlash ma’lumotlaridan foydalanishning afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, interaktiv smart xarita yaratishda ArcGIS, QGIS va Google Earth Engine platformalarining funksional imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari havoning ifloslanish darajasini real vaqt rejimida monitoring qilishda AI va GIS texnologiyalarining samaradorligini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-29
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务