DAVLAT MULKI OBYEKTLARIDAN FOYDALANISHNING JAHON TAJRIBASI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanishning jahon tajribasi tizimli ravishda tahlil qilinadi va rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar, jumladan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy hamda Singapur tajribasi o‘rganilgan. Xususan, Buyuk Britaniyada davlat aktivlarini boshqarishning markazlashtirilgan modeli va “Government Property Agency” tizimi, Fransiyada davlat ishtirokidagi korxonalarni professional boshqarish mexanizmlari, Germaniyada davlat-xususiy sheriklik (PPP) asosidagi infratuzilma loyihalari, Xitoyda davlat korxonalarini isloh qilish va ularni korporativ boshqaruv tamoyillari asosida modernizatsiya qilish, Singapurda esa davlat aktivlarini “Temasek Holdings” orqali investitsion boshqarish amaliyoti tahlil qilinadi.Maqola tahlillari shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan mamlakatlarda davlat mulkini boshqarishda ochiqlik, hisobdorlik, korporativ boshqaruv standartlari, raqamlashtirish va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan keng foydalanish samaradorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Jahon banki va OECD ma’lumotlariga ko‘ra, samarali boshqaruv tizimiga ega davlatlarda davlat aktivlarining rentabellik darajasi va byudjetga tushumlar hajmi sezilarli yuqori ekani aniqlangan. Maqolada ushbu tajribalarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.



