XALQARO BAHOLASH DASTURLARINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
收藏资源简介:
ushbu maqolada xalqaro baholash dasturlarining (PISA, TIMSS, PIRLS, TALIS va b.) ta’lim jarayonidagi didaktik imkoniyatlari tizimli ravishda tahlil qilindi. Tadqiqotning maqsadi xalqaro o‘lchov vositalarining nafaqat diagnostik, balki o‘qitish mazmunini modernizatsiya qilish, pedagogik strategiyalarni takomillashtirish, o‘quvchilarning funksional savodxonligi va ko‘nikmalarini shakllantirishdagi didaktik potensialini ilmiy asosda ochib berishdir. Maqolada xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy izlanishlari qiyosiy tahlil qilindi, tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari yoritildi, xalqaro baholash natijalarini ta’lim amaliyotiga integratsiya qilish mexanizmlari taklif etildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xalqaro baholash dasturlari kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirish, formativ baholash madaniyatini shakllantirish, o‘qituvchilarning kasbiy refleksiyasini kuchaytirish hamda ta’lim dasturlarini empirik ma’lumotlar asosida qayta loyihalash uchun mustahkam didaktik poydevor hisoblanadi.



