GEOIKONIK MA'LUMOTLARNI KADASTR TIZIMIGA GRAFLAR NAZARIYASI ASOSIDA INTEGRATSIYALASH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada davlat kadastrlari tizimini zamonaviy texnologiyalar, geoportallar va turdosh ilmiy fanlar integratsiyasi asosida takomillashtirish masalalari yoritilgan. Fotogrammetriya, geodeziya, kartografiya, geografik axborot tizimlari, kadastr, huquq va iqtisod fanlari o‘rtasidagi aloqalar graflar nazariyasi yordamida matematik modellashtirilgan. Tadqiqotda aerokosmik suratga olish, topografik-geodezik ma’lumotlarni yig‘ish, kartografik ishlarni bajarish, ekologik tadqiqot, obyektlarni baholash va huquqiy ta’minot bosqichlari Kad1–Kad6 ko‘rinishida ifodalangan. Taklif etilgan algoritm yuqori aniqlikdagi kadastr ma’lumotlar bazasi va raqamli kartalarni yaratish, ma’lumotlarni geoportalga uzatish hamda boshqaruv qarorlarini samarali qabul qilish imkonini beradi. Ushbu yondashuv axborot almashinuvini yaxshilaydi, takroriy ishlarni kamaytiradi va yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlaydi, mahalliy va respublika boshqaruvi darajalarida ham.



