遇见数据集

ZAMONAVIY MUZEYLARDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

收藏
Zenodo2026-04-08 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada zamonaviy muzeylarda raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari keng va atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda muzey faoliyatida raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni, ularning eksponatlarni saqlash, tizimlashtirish va ommaga taqdim etishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy muzeylarda qo‘llanilayotgan asosiy raqamli vositalar — virtual muzeylar, 3D modellashtirish, QR-kod tizimlari, mobil ilovalar hamda VR/AR texnologiyalarining imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.Maqolada raqamli texnologiyalar orqali muzey ekspozitsiyalarini interaktiv shaklda tashkil etish, tashrif buyuruvchilar uchun qulay muhit yaratish va ularning madaniy-ma’rifiy darajasini oshirish imkoniyatlari tahlil etiladi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda muzeylarni raqamlashtirish jarayoni, erishilayotgan yutuqlar hamda mavjud muammolar ilmiy asosda o‘rganilgan.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli texnologiyalar muzeylar faoliyatini modernizatsiya qilish, ularning jozibadorligini oshirish va global axborot makoniga integratsiyalashuvini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Maqola muzeyshunoslik, madaniy turizm va muzey menejmenti yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-08
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务