遇见数据集

ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA EKOLINGVISTIK KOMPETENSIYA: NAZARIY MEZONLAR VA LINGVODIDAKTIK IMKONIYATLAR

收藏
Zenodo2026-05-25 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda ekolingvistik kompetensiya tushunchasining nazariy mohiyati, uning shakllanish omillari va lingvodidaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ekolingvistika til, inson, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganadigan fanlararo yo‘nalish sifatida bugungi kunda tilshunoslikning dolzarb sohalaridan biriga aylanmoqda. Maqolada ekolingvistik kompetensiya faqat ekologik terminlarni bilish emas, balki til vositasida ekologik ong, ekologik madaniyat va mas’uliyatli kommunikativ xulqni shakllantirish jarayoni sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, ekologik mazmundagi matnlar, ommaviy axborot vositalari tili, ta’lim jarayonidagi ekologik diskurs va kommunikativ yondashuvlarning ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijasida ekolingvistik kompetensiyani rivojlantirish zamonaviy til ta’limi va tilshunoslik tadqiqotlarida muhim metodologik yo‘nalish bo‘lib xizmat qilishi asoslanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-25
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务