RIVOJLANTIRUVCHI MUHIT BOLALARDA MUSTAQILLIKNI SHAKLLANTIRISH OMILI SIFATIDA
收藏资源简介:
Mazkur ishda rivojlantiruvchi muhitning bolalarda mustaqillikni shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy-pedagogik jihatdan yoritilgan. Rivojlantiruvchi muhit bolalarning erkin faoliyat olib borishi, o‘z qiziqishlari asosida tanlov qilishi hamda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda ta’lim muassasalarida tashkil etilgan rivojlantiruvchi muhitning mazmuni, shakllari va vositalari tahlil qilinib, uning bolalar shaxsiy rivojiga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, rivojlantiruvchi muhit orqali bolalarda mas’uliyat hissi, o‘ziga bo‘lgan ishonch va muammoli vaziyatlarni mustaqil hal etish qobiliyatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ish natijalari rivojlantiruvchi muhitni to‘g‘ri tashkil etish bolalarda mustaqillikni shakllantirishning muhim pedagogik omili ekanligini ko‘rsatadi.



