BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI O'QITISHDA 7 E MODELI VA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH USULLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda 7E ta’lim modeli hamda innovatsion pedagogik metodlardan samarali foydalanish usullariga bag‘ishlangan. Unda zamonaviy ta’lim talablaridan kelib chiqqan holda dars jarayonini tashkil etish, o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Maqolada 7E modelining bosqichlari mazmuni, ularni boshlang‘ich ta’lim fanlarida qo‘llash yo‘llari, shuningdek, innovatsion metodlar bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari batafsil bayon etilgan. Tavsiyalar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, pedagogika yo‘nalishi talabalari hamda ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlardan foydalanishni maqsad qilgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.



