ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARINI SAMARALI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada ishlab chiqarish xarajatlarini samarali boshqarishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan xom ashyo, yoqilgʻi-energiya resurslari, mehnat resurslari, amortizatsiya ajratmalari hamda boshqa operatsion xarajatlarning korxona iqtisodiy samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, mahsulot tannarxini aniqlash va uni pasaytirish orqali korxona rentabelligini oshirish, ichki rezervlarni aniqlash hamda raqobatbardoshlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida xarajatlarni optimallashtirish, energiya tejovchi texnologiyalar va raqamli monitoring tizimlaridan foydalanishning afzalliklari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xarajatlarni puxta tahlil qilish va resurslardan samarali foydalanish korxonaning moliyaviy barqarorligi hamda uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi muhim omillardan biri ekanligi aniqlangan.



