遇见数据集

ELEKTRON TA'LIM RESURSLARI YORDAMIDA IQTISODIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH

收藏
Zenodo2026-06-09 更新2026-06-12 收录
官方服务:

资源简介:

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada elektron ta’lim resurslari yordamida iqtisodiy bilimlarni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimida elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Elektron darsliklar, onlayn kurslar, virtual ta’lim platformalari, multimedia vositalari va interaktiv dasturlar iqtisodiy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishda muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda. Maqolada elektron ta’lim resurslarining iqtisodiy bilimlarni o‘zlashtirish, mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish va amaliy kompetensiyalarni shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiy ta’lim jarayonida elektron resurslardan foydalanishning afzalliklari, mavjud muammolari va istiqbollari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, elektron ta’lim resurslaridan samarali foydalanish iqtisodiy ta’lim sifatini oshirish, talabalar faolligini kuchaytirish va zamonaviy mehnat bozori talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-06-09
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务