"ASATAQOV" VA "ASQOV-1" BIOLOGIK FAOL OZIQ-OVQAT QO'SHILMALARINING BOLALARDA PERINATAL ENSEFALOPATIYAGA TA'SIRI
收藏官方服务:
资源简介:
Ushbu maqolada “Asataqov” va “Asqov-1” oziq-ovqat qo‘shimchalari tarkibidagi suvda eruvchi vitaminlarning miqdoriy tahlili, ularning biologik ahamiyati hamda asab tizimi faoliyatiga ta’siri o‘rganildi. Xromatografik usul orqali vitaminlar miqdori aniqlanib, ularning 100 g namunadagi kontsentratsiyasi hisoblab chiqildi. “Asqov-1” qo‘shimchasida tiamin (B₁), riboflavin (B₂) va niatsin (B₃, PP) yuqori aniqlangan bo‘lsa, “Asataqov” ekstraktida piridoksin (B₆), foliy kislotasi (B₉) va askorbin kislotasi (C) miqdori yuqori bo‘ldi. Vitaminlarning asab tizimi, energiya almashinuvi va oksidlovchi stressni kamaytirishdagi ro’li tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari bu qo‘shimchalarning tabiiy vitamin manbai sifatida foydali ekanligini ko‘rsatadi.
提供机构:
Zenodo创建时间:
2026-04-06



