KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATNING MAZMUNI VA MOHIYATI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada kasbiy pedagogik faoliyatning mazmuni, mohiyati hamda uning ta’lim tizimidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Pedagogik faoliyatning asosiy komponentlari, jumladan ta’lim berish, tarbiyalash, rivojlantirish va kommunikativ jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritib beriladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim sharoitida pedagogning kasbiy kompetensiyasi, pedagogik mahorati va innovatsion yondashuvlarining ahamiyati ochib beriladi. Maqolada kasbiy pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi omillar, pedagogning shaxsiy va kasbiy sifatlari hamda ta’lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy tamoyillari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari pedagogik faoliyatni takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



