遇见数据集

EOZINOFIL FUNKSIYASI BUZILISHIDA QONNING KISLOTALILIK–ISHQORIYLIK MUVOZANATI VA ALLERGIK NAFAS YO'LLARI YALLIG'LANISHI OG'IRLASHUVI

收藏
Zenodo2026-04-10 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu ilmiy sharh eozinofil granulotsitlar funksional holatining buzilishi bilan qonning kislotal-ishqoriy muvozanati (pH) o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqlikni va ularning allergik nafas yo‘llari yallig‘lanishi og‘irlashuvidagi rolini tizimli tahlil qilishga bag‘ishlangan. So‘nggi o‘n yillik (2015-2025) davomida eozinofillarning nafas yo‘llari allergik kasalliklari patogenezidagi markaziy o‘rni to‘g‘risidagi tushunchalar sezilarli darajada kengaydi. An’anaviy ravishda parazitar infektsiyalarga qarshi himoya mexanizmining effektor hujayralari sifatida qaralgan eozinofillar, hozirgi kunda allergik astma, allergik rinit va eozinofil ezofagit kabi kasalliklarning rivojlanishi va surunkali yallig‘lanish jarayonining asosiy ishtirokchilari ekanligi isbotlangan. Ushbu maqolada eozinofillarning sitokinlar (IL-5, IL-4, IL-13), xemokinlar (eotaksin-1, -2, -3) va lizosomal fermentlar ishlab chiqarish qobiliyati, shuningdek ularning hujayra tashqari DNK tuzoqlari (EET) va ekstrasellulyar vesikulalar (EV) hosil qilish xususiyati tahlil qilinadi. Ayniqsa, yaqinda aniqlangan lizosomal kislotalilik va katepsin L faolligining oshishi eozinofillar aktivatsiyasida arginin metabolizmini o‘zgartirib, ornitin ishlab chiqarishni kuchaytirishi va bu jarayon nafas yo‘llarining yallig‘lanish darajasini bevosita belgilashi ko‘rsatilgan. Maqolada metabolik muhitning o‘zgarishi, xususan, to‘qima laktat darajasining ko‘tarilishi va ekstrasellyulyar pH ning pasayishi eozinofillar funktsional faolligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqidagi zamonaviy ma’lumotlar umumlashtirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yallig‘lanish o‘chog‘ida hosil bo‘ladigan kislotal muhit (pH 6.5-7.0) eozinofillarning degranulyatsiya jarayonini va sitokinlar ishlab chiqarish faolligini sezilarli darajada oshiradi. Bundan tashqari, qonning kislotal-ishqoriy muvozanatining buzilishi (asidoz yoki alkaloz) nafas yo‘llari epiteliy hujayralarining to‘siq funktsiyasiga, siliyer klirensga va boshqa immun hujayralar (ILC2, Th2, Treg) bilan o‘zaro ta’sirga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Metabolomik va mikrobiomik tadqiqotlar natijasida aniqlangan plazma metabolitlari (malat, l-dihidroorotat, imidazolsirka kislotasi) va ichak mikrobiomasi tarkibiy qismlari (Candidatus Arthromitus, Ruminiclostridium 6) eozinofil allergik yallig‘lanishda immunitet muvozanatining potentsial biomarkerlari sifatida baholangan. Ushbu sharh eozinofil disfunktsiyasi va kislotal-ishqoriy muvozanat buzilishlari o‘rtasidagi ikki tomonlama patogenetik aloqani asoslovchi dalillarni tizimlashtiradi va yangi terapevtik strategiyalar ishlab chiqish uchun nazariy asos yaratadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-04-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务