遇见数据集

MUSTAQILLIK DAVRI O'ZBEKISTON PEDAGOGIKA FANI EVALYUTSIYASI: PARADIGMALAR O'ZGARISHI VA MILLIY TADQIQOTLAR METODOLOGIYASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

收藏
Zenodo2026-10-27 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi davrda pedagogika fanining evolyutsion rivojlanishi, ta’lim paradigmalari transformatsiyasi hamda milliy pedagogik tadqiqotlar metodologiyasining shakllanish va takomillashish bosqichlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda mustaqillik yillarida pedagogika fanining mafkuraviy yondashuvlardan milliy qadriyatlarga asoslangan, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy va innovatsion ta’lim paradigmalariga o‘tish jarayonlari yoritiladi. Shuningdek, milliy pedagogik tafakkurning qayta tiklanishi, xorijiy ilmiy-metodologik yondashuvlarning mahalliy ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi, pedagogik tadqiqotlarda tizimli, faoliyatga yo‘naltirilgan, aksiologik, kompetensiyaviy va raqamli metodologiyalarning rivojlanish xususiyatlari o‘rganiladi. Maqolada O‘zbekiston pedagogika fanining rivojlanishi shartli ravishda to‘rt tarixiy bosqichga ajratilib, har bir bosqichning ustuvor ilmiy yo‘nalishlari, metodologik tamoyillari va pedagogik paradigmalaridagi o‘zgarishlar qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot yakunida milliy pedagogika fanining istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-10-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务