MUDDATIDAN OLDINGI TUG'RUQ XAVF OMILLARI
收藏资源简介:
Muddatidan oldingi tug‘ruq — akusherlikda onalik va perinatal o‘lim ko‘rsatkichlarini oshiruvchi dolzarb muammo bo‘lib, uning erta aniqlanishi profilaktik choralarni ko‘rishda muhim o’rin egallaydi. Tadqiqotning maqsadi — homiladorlikning turli bosqichlarida relaksin darajasini hisobga olgan holda, muddatidan oldin tug‘ruq xavfini erta prognozlash imkoniyatlarini baholashdir. Tadqiqotda 105 nafar homilador ayol ishtirok etib, ularning klinik va laborator ko‘rsatkichlari (TMI, gemoglobin, eritrotsitlar, leykotsitlar, IL-6, ferritin, prolaktin, relaksin) tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, hayz sikli xususiyatlari, somatik va endokrin patologiyalar, shuningdek, relaksin va prolaktin darajalari erta tug‘ruq xavfi bilan statistik bog‘liqlikda ekanligi aniqlandi. Ushbu omillarni kompleks baholash muddatidan oldin tug‘ruqni oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Kalit so‘zlar: Erta tug‘ilish, xavf omillari, yallig‘lanish belgilari, ferritin, interletkin-6, prolaktin, relaksin.



