PROFESSOR O'QITUVCHILARNING REYTINGINI ANIQLOVCHI DASTURIY TAMINOT YARATISH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarning reytingini aniqlash uchun qo‘llanilayotgan usullar, metrikalar va dasturiy yechimlarni tizimli tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi baholash jarayonida keng tarqalgan yondashuvlarning ishonchliligi va cheklovlarini aniqlash hamda ko‘p indikatorli, shaffof va amaliy jihatdan joriy etilishi mumkin bo‘lgan reyting modelini asoslab berishdan iborat. Maqolada student evaluations of teaching, bibliometrik ko‘rsatkichlar, xususan h-indeks, hamda faculty activity reporting tizimlari ilmiy adabiyotlar va amaliy platformalar asosida ko‘rib chiqildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, bitta indikatorga asoslangan baholash professor faoliyatining murakkab va ko‘p qirrali tabiatini to‘liq aks ettira olmaydi. Shu sababli, ta’lim sifati, ilmiy faoliyat, peer review va xizmat faoliyatini birlashtirgan ko‘p komponentli model eng maqbul yondashuv sifatida asoslandi. Maqola natijalari O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida mavjud axborot tizimlari asosida reytingni avtomatlashtirish va takomillashtirish uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.



